
O‘zbekiston kubogi. "Sho‘rtan" musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"D" guruhi ishtirokchisi "Sho‘rtan" bugun "Yangier"ga qarshi maydonga tushdi. G‘uzordagi "Markaziy" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Yangierliklar safida yagona golni Muxriddin Rasulov kiritgan bo‘lsa, g‘uzorliklarning 3 goli Jamshid Qobilov (dubl) va Zafar Polvonov nomiga qayd etildi.
Fikrlar