"O‘zbekiston Kubogida mas’uliyat katta" - "Andijon" futbolchisi raqiblar haqida qanday fikrda?

  • 21 mart, 2024, 22:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatni muvaffaqiyatli boshlagan “Andijon” endi O‘zbekiston Kubogida ham yurishini boshlaydi. Albatta hozir emas. Ammo Kubok bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va tabiiyki, guruhlar barchani qiziqtirmoqda. “Andijon” esa “N” guruhida “Dinamo”, “Nasaf” hamda “Navbahor” bilan joylashdi. “Burgutlar” safida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilardan biri Bektemir Abdumannonov esa “Andijon” matbuot xizmatiga qur’a haqida intervyu berdi.

- Bektemir, O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlandi. “Andijon” joy olgan guruh haqida fikringiz qanday?

- Kubok bosqichida ham yaxshi natijalar ko‘rsatib, guruhdan chiqishni niyat qilyapmiz. Guruhimizda yaxshi jamoalar bor. Bu esa bizga yanada yaxshi tajriba bo‘ladi, deb o‘ylayman. Guruhimizdagi ikkita o‘yinni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz. Xudo xohlasa, muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz.

- Deryali hamma “N” guruhiga “o‘lim guruhi” deya nom berishyapti...

- Hozir hamma klublar o‘ziga yarasha yaxshi. Qancha kuchli raqib bo‘lsa, shuncha yaxshi. Biz barcha uchrashuvda maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz.

- Bular siz kutgan raqiblarmi yoki...

- Yo‘q, bu jamoalarni kutmagandim.

- “Andijon” chempionatni yaxshi boshladi. Superliga bilan Kubok bahslari orasida siz uchun eng muhimi qaysi?

- Jamoamiz bilan Kubokda ham, Superligada ham g‘alaba uchun kurashamiz. O‘zbekiston Kubogida mas’uliyat katta. Yutqazsangiz musobaqani tark etasiz. Kubok uchrashuvlari shunisi bilan ham qiziq.

- 30 mart kuni “Nasaf” “Bobur Arena”da o‘ynaydi. Bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlik qanday va nima kutyapsiz?

- Jamoa bilan mashg‘ulotlarga jiddiy kirishganmiz. 23 mart kuni Qirg‘iziston U20 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Undan keyin bor e’tiborni 30 mart kunida bo‘ladigan o‘yinga qaratamiz. Kayfiyat a’lo darajada va shunday ruhda o‘yinlarimizni davom ettiramiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
22/03/2024 09:47
Яшанглар бор бу'линглар доимо галаба к,озонинглар