
O‘zbekiston kubogining joriy yilgi final o‘yiniga Qarshi shahri mezbonlik qiladi
2023 yilgi mavsum ham start oldi. Ayni paytda joriy yilgi O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu jarayon oldidan final qaysi shaharda o‘tkazilishi masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra, 2023 yilgi final bahsi Qarshi shahridagi "Markaziy" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili kubok finali Buxoroda o‘tkazilgan bo‘lib, "Nasaf" klubi "Navbahor"ni mag‘lub etgandi.
Fikrlar