O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dohada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi

  • 23.12.2025 15:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22 yanvardan 2 fevralga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Yig‘inga asosan mahalliy va yosh futbolchilar jalb etiladi.

Mazkur yig‘in 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoa tarkibi uchun munosib zaxira futbolchilarni shakllantirish hamda yosh o‘yinchilarga imkoniyat berish maqsadida tashkil etiladi.

Yig‘in davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy va texnik holatini baholab boradi.

Bu haqda UFA xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!