O‘zbekiston milliy terma jamoasining Falastinga yo‘l olgan tarkibi

  • 03.09.2019 17:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Qit’amizda jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start olish arafasida.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Bugun terma jamoamiz Falastinga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Egor Krimets (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Sharof Muxitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar Shoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro‘ziev (“Qo‘qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!