
O‘zbekiston MTJ murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi!
Xabaringiz bor, "JCh-2022" saralash bosqichi bellashuvlariga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borish uchun bugun Dubay shahriga etib bordi.
Yig‘in avvalida Vadim Abramovning murabbiylar shtabi tarkibida o‘zgarish yuz berdi. O‘zbek futboli ixlosmandlariga tanish bo‘lgan Antonio Sarioglou endilikda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida milliy jamoamizda faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Bu haqida O‘FA rasmiy sayti xabar qildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu murabbiy 2018-2019 yillar davomida O‘zbekiston MTJ futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha Ektor Kuperga yordamlashgan. Bunga qadar u Misr terma jamoasi hamda Gretsiyaning «Aris», «Veriya» va «Iraklis» klublarida faoliyat yuritgan.
Fikrlar