
O‘zbekiston MTJ o‘rin olgan "D" guruhida vaziyat qanday? (jadval)
Jahon Chempionati 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan bir necha uchrashuvlar o‘z yakuniga etdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, guruhdagi asosiy raqibimiz Saudiya Arabistoni bugun 5-tur o‘yinida maydonga tushdi. Ar-Riyodda Falastinni qabul qilgan saudiyaliklar 5:0 hisobida raqibni tor-mor keltirdi. Ushbu g‘alaba orqali "sahro lochinlari" ochkolari sonini 11 taga etkazib oldi va peshqadamga aylandi.
Quyida "D" guruhidagi vaziyat bilan batafsil tanishish imkoniyatiga egasiz:
1. Saudiya Arabistoni 5 o‘yin, 11 ochko;
2. O‘zbekiston 5 o‘yin, 9 ochko;
3. Singapur 5 o‘yin, 7 ochko;
4. Yaman 5 o‘yin, 5 ochko;
5. Falastin 6 o‘yin, 4 ochko.
Ma’lumot uchun, 6-tur doirasidagi o‘yinni O‘zbekiston Singapurga qarshi o‘tkazadi. Saudiya Arabistoni esa, o‘z uyida Yamanni qabul qiladi.
Fikrlar