
O‘zbekiston MTJ Osiyoda 15-o‘rinni egalladi
Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham navbatdagi mundial armonga aylandi.
Vakillarimiz oxirgi turda Saudiya Arabistonidan 3:0 hisobida engilib, keyingi bosqichga chiqa olmadi. Ilk bor shu bosqichning o‘zida yurishni to‘xtatdik.
Alam qiladigani eng yaxshi ikkinchi o‘rindagi besh jamoa qatoriga ham kira olmadik. Suriya, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, BAA, Janubiy Koreya o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egalladi. Xitoy, Ummon, Iroq, Vetnam, Livan esa eng yaxshi ikkinchi o‘rindagi besh jamoa sifatida saralashdagi yurishni davom ettiradigan bo‘ldi. Tojikiston, O‘zbekiston va Quvayt ikkinchi o‘rinni egallashiga qaramay, musobaqa bilan xayrlashdi.
Shu tariqa, Vadim Abramov shogirdlari jahon chempionati saralashi Osiyo qit’asida 15-o‘rinni egalladi.
Fikrlar
Milliy jamoa oynerkan disa yurek ogriydigan bob qoldi.
Biror marta xursand bolmadim faqat asabni yedi.
Faqat BOKS korish kerak boldi.
Keyin amal kursida otirganlar yaqinlarizzi faqat futbolga tiqmey,MMA BOKSga tiqiylar futboldan iflos qollarizni oliylar