O‘zbekiston MTJ uchinchi nazorat uchrashuvida yirik hisobda yutqazdi

  • 17 fevral, 2021, 18:46
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlaridan o‘rin olgan 3-nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Soligorskning "Shaxtyor" jamoasiga qarshi maydonga tushgan Abramov shogirdlari 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

"Konchilar" safida gollarga Szoke, Okeuxi hamda Filipenko mualliflik qildi. Dastlab, jarima maydonimizdagi sarosimali vaziyatdan foydalangan Szoke hisobni ochgan bo‘lsa, darvozabonimizning qo‘pol xatosidan keyin to‘pni qabul qilib olgan Okeuxi hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. "Konchilar"ning ikkinchi golini ikkinchi taymda Filipenko kiritdi.

Shu tariqa, Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ Dubay yig‘inidan o‘rin olgan 3-nazorat o‘yinida yirik hisobda yutqazdi. Avvalroq, "oq bo‘rilar" "Zenit" bilan o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab, Iordaniya MTJ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, "Shaxtyor" tarkibidagi legionerimiz Shahzodbek Ubaydullaev ikkinchi taymda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
17/02/2021 18:57
Бунақа ўйин кўрсатадиган терма жамоани танқид қиладиган мард журналистлар борми ё йўқми?! Очиғи, мухлисларнинг гапи бир тийин! Шунинг учун журналистлар сизлар мард бўлиб бирор муносабат билдиринглар ахир!
&
17/02/2021 19:26
Абрамни йу'к отиш керак у'рнига ёшлардан мураббий этиш керак булмаса иш чаток,
Gafir Isamiddinov
17/02/2021 21:12
терма жамоа денан номи бор одие кулубларга ютказса сал уятхам керак гурур ор дегган нарса бор шарманда килдику