
O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda ham Erondan ustun keldi
"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda Lyubinko Drulovich shogirdlari 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bobir Abduxoliqov xet-trikka erishgan bo‘lsa, Jasur Yaxshiboev bir bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bunga esa mehmonlar safida Mehdi Goedi bir bor javob qaytara oldi xolos.
Eslatib o‘tamiz, bundan uch kun oldin Olmaliqda bo‘lib o‘tgan dastlabki qarama-qarshilikda ham hamyurtlarimiz zafar quchgan (1:0) edilar. E’tiborlisi, o‘sha bahsda ham Jasur Yaxshiboev raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan edi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston OTJ - Eron OTJ 4:1
Gollar: Bobir Abdixoliqov (18, 36, 69), Jasur Yaxshiboev (53) - Mexdi Goedi (50).
O‘zbekiston U23: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Islom Qobilov, Ilhom Alijonov, Dilshod Saitov, Abdulla Abdullaev, Abror Ismoilov, Bobir Abdixoliqov, Nurillo To‘xtasinov, Jasur Yaxshiboev, Mirjahon Mirahmadov.
Zaxira: Nizom Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Sherzod Nasrullaev, Shahboz Jo‘rabekov, Oybek Rustamov, Islom Kenjaboev, Islom Rashidxonov, Bobur Asqarov, Asad Sobirjonov, Sanjar Qodirqulov, Aziz Amonov.
Eron U23: Meroj Ismoili Isfahoni, Taha Shariatihamineh, Omid Norafxan, Muhammadmehdi Mehdixani, Mehdi G‘ayedi, Muhammad Mohebbi, Sayid Abolfazl, Delfi Yunes, Amir Rustai, Aref G‘ulami, Sina Zamehran.
Fikrlar
R. Berdiyev va V. Abramovlarning imzosi