O‘zbekiston Pro-ligasi. To‘purarlar jadvalida ikki futbolchi peshqadam (foto)
Pro-ligada 17-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Mazkur turda ham tomoshabinlar bir-biridan qiziq va shiddatli uchrashuvlar guvohi bo‘ldi.
Ushbu tur yakuniga etgach, O‘zPFL matbuot xizmati musobaqa to‘purarlar jadvalini taqdim etdi. Unga ko‘ra, "Turon" vakili Humoyun Murtazoev va "Buxoro" futbolchisi Ro‘zimboy Ahmedov 13 ta gol bilan etakchi bo‘lib turibdi.
"Xorazm" a’zosi Rokki Marchiano 9 ta gol urib, keyingi pog‘onani band etgan. "Mash’al" hujumchisi Mikolo Agapov, "Buxoro" a’zosi Song Longji hamda "Xorazm" futbolchisi Shahzod Beshimov bir xil 8 ta gol urgan holda jadvaldan joy olgan.




Fikrlar