O‘zbekiston Qatarni yutadimi? Terma jamoamizni yaxshi biladigan ekspertlar xulosasi

  • 2 fevral, 2024, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning chorak finalida jiddiy raqib – Qatarga to‘qnash keladi.

Tecno

Raqibning eng katta ustunligi – o‘z maydonida o‘ynayotgani. Futbolda “o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi”, degan gap bekorga aytilmagan. Shunday bo‘lsa-da, muxlislarimiz futbolchilarimizning shijoatiga chin dildan ishonmoqda.

Srechko Katanets jamoasi tarkibdagi kutilmagan va jiddiy yo‘qotishlarga qaramay, hozircha barcha to‘siqlardan matonat bilan o‘tib kelyapti.

Futbolchilik va murabbiylik faoliyati davomida O‘zbekiston terma jamoasiga mehnati singgan ekspertlar futbolchilarimizning bo‘lajak uchrashuvdagi imkoniyatini baholadi.

Andrey Fyodorov, 1994-2006 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi:

e749559bf347caee0c9a911860d2df255ef76bf9dde77496489835

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida o‘ynashga munosib. Menga bosh murabbiy yoshidan qat’i nazar jamoaga mamlakatning eng kuchli futbolchilarini jalb qilgani yoqdi. Chorak final bu jamoa uchun kamlik qiladi. Qatarga qarshi o‘yinda imkoniyat yaxshi. Kim o‘ynashini murabbiy hal qiladi, lekin tarkib jihatidan O‘zbekiston bu jamoani mag‘lub eta oladi.

Hozir pley-off bosqichi, har qanday jamoa bitta o‘yinda kutilmagan natija qayd etishi mumkin. Musobaqada Yaponiya yoki Janubiy Koreya kabi jamoalar bo‘lsa ham, nega O‘zbekiston g‘alabaga da’vo qilmasligi kerak?

Valeriy Nepomnyashiy, 2006 yili O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi:

valerij-nepomnyaschij-ya-byl

Tarixdan ma’lumki, O‘zbekiston Osiyo kuboglarida doim yaxshi qatnashib keladi. Bu yil ham jamoaning muvaffaqiyatli ishtiroki men uchun kutilmagan natija bo‘lgani yo‘q. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham zo‘r o‘yonaydi. Qatardan o‘tish qiyin, lekin futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda futbolga jiddiy e’tibor qaratilyapti. Vaziyat yildan yilga yaxshilanib boryapti. Hozircha, Evropa jamoalari O‘zbekiston futbolchilariga e’tibor qaratishini aytish qiyin. Lekin shunga qaramay, yorqin misol bor – Eldor Shomurodov. Afsuski, hozir u qatnashmayapti. Abbos TsSKA uchun ham zo‘r o‘ynayapti.  

Ruslan Agalarov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi:

918404562_0_0_0_0_600x0_80_0_0_2eef89161dcab802cb6dcc234874ded1

Jamoalar chorak finalga tasodifan chiqmaydi. Osiyo kubogida O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari shu bosqichgacha chiqibdimi, demak chorak finalda o‘ynashga loyiq.

Menimcha, terma jamoani alohida shaxslarga bog‘lamaslik kerak. Chunki u erda jamoa o‘ynaydi. Hamma qo‘lidan kelganicha o‘z hissasini qo‘shadi. Bu ularning har biri uchun juda muhim. Abbosbek Fayzullaevdan tashqari, Oston O‘runov bor va u raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda. Men esa, butun jamoani e’tirof etmoqchiman. Chorak finalda ularning butun bir jamoa bo‘lib harakat qilishini ko‘rishni istayman.

Qatar va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Legionerimiz transferiga qanday baho berishdi?

TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yuborishi kerak!

Fayzullaev TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi!

Aniq chorlov bor: Fayzullaevga Evropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi!

Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!

Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улуғбек
02/02/2024 21:15
Биз Қатарни хар канакасига ютамиз эртага:Иншааллох
Rasul M
03/02/2024 14:02
Agar Futbol ekspertlar gaplariga bogliq bolganda bu bollaga shuncha rasxot qilip maydonga chiqarip nima qilishadi bugun hammasi joyida bolsa uzbekiston yutadi anau oyinni sotdi deganlar kotinga karap fol ochdinmi kotingni qisib futbolingni kormisanmi
.... ....
03/02/2024 00:41
Qatarga ataylab yutqazberishadigan bolishibdi!!!Ertangi uyinnda ataylab yutqazberishadi urtola!!! uzbekistonni Arablaga sotishdi!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
ишбобоев жума
02/02/2024 23:36
Биз ишкибозлар Узбекистонлик йигитларга ишонамиз. Олга Узекистон.
&
Komil Xorazmiy
02/02/2024 21:25
Kim nima desa desinu meni shaxsiy fikrimcha ertaga MTJ qiynalmasdan yutadi InshaAlloh. chunki qatar o'z muxlislari oldida ikki karra bosim bo'ynaydi , biznikilarda esa bosim bolmaydi .
&
Улуғбек
02/02/2024 21:14
Эртанги шйин вақтига ойдинлик киритинглар хато кетдиёв
&
Бобурни Парпиев
02/02/2024 21:10
Мени гапларим кимгадур эриш туюлиши мумкин лекин биз ракибдан хар жабхада устунмиз факат икки омил керак, хакамларга Инсоф йигитларимизга совук конлик
Эргашев Файзулло
02/02/2024 21:02
Олдиндан фол очиш керак эмас эртага уйиндан Сунг канча гап булса булаверади лекин огир уйин булади