
TsSKA Fayzullaevni qo‘yib yuborishi kerak!
“Spartak” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey Chernishov Rossiya nashrlaridan biriga bergan intevryusida O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi Abbosbek Fayzullaevga qishki transferlar vaqtida Evropaning kuchli klublaridan taklif bo‘lsa, TsSKA o‘zbek futbolchisini qo‘yib yubori kerakligini ta’kidladi.
— Fayzullaev Osiyo kubogida o‘zini ko‘rsatyapti, ehtimol transfer narxida ham sezilarli o‘sish bo‘lar. Bu futbolchini transfer qilgan ma’qulmi yoki bu darajadagi o‘yinchi o‘zimizga ham kerakmi?
— Agar futbolchining narxi o‘sayotgani bo‘lsa, unga boshqa kuchli klublardan qiziqish bildirilsa, bunaqa takliflarni albatta ko‘rib chiqish kerak.
Baribir yakuniy qarorni klub rahbariyati qabul qilishi aniq. Bunda klub oldiga qanday maqsadlar qo‘yilganidan kelib chiqish, moliyaviy talablar qanday bo‘lishiga qaraladi. Biroq bu borada turli omillar bor, ba’zan rad etib bo‘lmaydigan takliflar ham kelib tushadi. Agar bu jiddiy variant va klub g‘aznasiga daromad keltiradigan taklif bo‘lsa, uni amalga oshirgan ma’qul.
— Fayzullaev tez orada Rossiya premer-ligasining cho‘qqisiga chiqib, o‘sishdan to‘xtab qolmaydimi? Rossiya Premer-ligasi eng kuchli musobaqa emasku...
— Ha, RPL eng kuchli liga emas, lekin o‘yinchida har doim o‘sish imkoniyati bo‘ladi. O‘yinchi ham, klub ham bu holatni to‘g‘ri tushunishi kerak. Eng muhimi, barcha maqsadlarga erishilgan va yangi qadam tashlash, yangi chaqiruv kerak bo‘lgan vaziyatni his qilish lozim.
Ba’zan o‘yinchilar bir klubda qolib, o‘sha darajada o‘ynashga rozi bo‘ladi. Uni bu erdagi barcha narsa qoniqtiradi va faoliyatining yakunigacha bir jamoada to‘p tepadi. Ayrim futbolchilar esa ma’lum bir nuqtaga etganini inobatga olib, boshqa chorlovni qabul qiladi, bir mamlakat yoki klubni alishtirishga intiladi.
Bunga Damir Kuzyaevni misol qilish mumkin. Uni hamma narsa qoniqtirgandek edi. Yaxshi maosh, bir necha bor mamlakat chempioni bo‘ldi, terma jamoa o‘yinchisiga aylandi. Birdan yangilik qilishni istab qoldi va hamma narsani o‘zgartirishga qaror qildi.
Shuning uchun ham ko‘p narsa futbolchiga, ya’ni o‘zini qanday his qilayotganiga, uning ichki talablari qanday ekaniga bog‘liq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yilning avgust oyida TsSKAga ko‘chib o‘tganidan beri eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchilardan biriga aylandi.
Mavsumning birinchi qismida “armiyachilar” safida jami 18 ta uchrashuvda 2 ta gol va 9 ta assist qayd etgan 20 yoshli legionerimiz Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.
Ayni paytda Abbosbek O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani bois, hujumkor futbolchimizning Evropa kuchli ligalariga ko‘chib o‘tish imkoniyati yana keng muhokama qilina boshlandi.
Ayni paytda Abbosbek Fayzullaev 4 million evroga baholanmoqda. Osiyo kubogidagi keyin legionerimizning transfer summasi yana ko‘tarilishi kutilyapti.
Fayzullaev TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi!
Aniq chorlov bor: Fayzullaevga Evropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi!
Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!
Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi
Fikrlar