O‘zbekiston Superkubogi uchun qancha chipta sotildi?
Xabaringiz bor, 27 fevral kuni “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadi.
2022 yilgi futbol mavsumini boshlab beradigan ushbu bahsga Yaypan mezbonlik qiladi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytgacha ushbu uchrashuvga 4 mingdan ortiq chipta sotib bo‘lingan.
Eslatib o‘tamiz, Superkubog uchrashuvi 27 fevral yakshanba kuni soat 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar