O‘zbekiston Superligasi. Abror Ismoilovning dubli "Neftchi"ga muhim g‘alabani taqdim etdi
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalarining gollari Abror Ismoilov nomiga qayd etildi. Mehmonlarning goliga Islom Kenjaboev mualliflik qildi.
Shu tariqa, farg‘onaliklar ochkolarini 15 taga etkazib olgan holda, Superliga turnir jadvalida 11-o‘ringa chiqib oldi. "Oltin izlovchilar" esa 29 ochko bilan 5-o‘rinni band etgan.

Fikrlar