O‘zbekiston Superligasi. Quyi pog‘onalardagi jamoalar o‘rtasidagi bahsda "Neftchi" yirik hisobda zafar quchdi
O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida gollarga Hoshimov, Ismoilov, To‘raev va Abdullajonov mualliflik qildi. Samarqandliklarning yagona goli Grigalashvili nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, farg‘onaliklar ochkolari sonini 22 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 8-pog‘onani band etgan.
"Dinamo" hisobida 8 ochko mavjud bo‘lib, klub so‘nggi pog‘onani band etgan.



Fikrlar