O‘zbekiston terma jamoamiz mundial oldidan so‘nggi va hal qiluvchi yig‘inni boshlamoqda!

  • 02.05.2026 18:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan 5 may kuni navbatdagi yig‘inini boshlamoqda. Mazkur yig‘inda dastlab mahalliy chempionatda faoliyat yuritayotgan futbolchilar ishtirok etadi, legionerlar esa 26 mayga qadar jamoa safiga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

Rejaga ko‘ra, terma jamoa 26 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l oladi. U yerda jamoa bir qator tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazib, 1 iyun kuni Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs jamoaning tayyorgarlik darajasini tekshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

E’tiborli­si, bu yig‘in Jahon chempionati oldidan so‘nggisi bo‘ladi. Shu sababli har bir mashg‘ulot va o‘yin maksimal darajada jiddiy qabul qilinishi kutilmoqda.

Terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoamizga bo‘lajak mundialda omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!