O‘zbekiston terma jamoasi a’zosini Qatarda kutishgandi

  • 24 fevral, 2022, 21:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi va Xitoyning “Chuntsin Lifan” klubi a’zosi Doston Tursunov jarohatidan keyin asta-sekin maydonga qaytmoqda.

Tecno

Shuni aytish lozimki, futbolchining oldida bir qator variantlar yo‘q emasdi. Yaqinda Sports.uz saytiga bergan intervyusida Qatarning “Al-Arabi” hamda “Al-Garafa” jamoalari jiddiy qiziqish bildirishgani haqida aytgandi. Shu bois uni u erda kutishgandi ham. Shuningdek, Evropadan ham Tursunovga taklif bilan chiqishgan.

Lekin jarohat olgani sababli o‘ylagan rejalari amalga oshmay qolgani ma’lum bo‘ldi. Xo‘sh, Doston jarohatidan forig‘ bo‘lib, avvalgi sport formasiga qaytgach, boshqa takliflarni ko‘rib chiqadimi yoki Xitoydagi faoliyatini yana davom ettiradimi?

Rejasini o‘zgartirgan bahs, qachon maydonga qaytishi va havasini keltirgan o‘yin yoxud Doston Tursunov jarohat olmaganida qaerda to‘p surishini bilarmidingiz?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!