
O‘zbekiston terma jamoasi Kamerun va Kosta-Rikaga qarshi o‘ynaydi
OFK taqvimiga muvofiq, sentyabr oyidagi milliy terma jamoalar uchun belgilangan FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Koreya Respublikasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ushbu yig‘in davomida vakillarimiz 2022 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari - Kamerun va Kosta-Rika milliy terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Mazkur bahslar 23 va 27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
23-sentyabr
Kamerun — O‘zbekiston
27-sentyabr
Kosta-Rika — O‘zbekiston
Fikrlar