
O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Qolganlarchi?
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
Finalga chiqqan hamyurtlarimiz o‘z chiqishlarini yakunladi. Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Abdumalik Xalokov (-57 kg), Ruslan Abdullaev (-63,5 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg), Bahodir Jalolov (+92 kg) oltinga ega chiqdi. Oybek Jo‘raev (-54 kg), Saidjamshid Jafarov (-71 kg) kumush medal bilan kifoyalandi. Yarim finallarda imkoniyatni boy bergan A’loxon Abdullaev (-75 kg) hamda Lazizbek Mullojonov (-92 kg) bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
Vakillarimizdan so‘ng umumjamoa hisobida Qozog‘iston (4 ta oltin, 1 ta kumush) ikkinchi bo‘ldi. Kuchli uchlikka esa Rossiya (2 ta oltin, 4 ta bronza) yakun yasadi. Shuningdek, Kuba va Frantsiya terma jamoalari ham Toshkentni oltin medal bilan tark etadigan bo‘lishdi.
Fikrlar