
O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs oldidan yo‘qotishga uchradi?!
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Rossiya chempionati doirasida “Lokomotiv” safida maydonga tushgan Vitaliy Denisov jarohat olgandi.
O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hamyurtimiz ayni paytda jamoa bilan birga emas.
Manbaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi Suriya bilan JCh saralash o‘yinini o‘tkazish uchun Malayziyaga etib keldi. Chaqirilgan futbolchilardan faqatgina Vitaliy Denisov yo‘q. U "Lokomotiv"ning "Spartak"ka qarshi o‘yinida jarohat oldi. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Denisovning ahvolini kuzatib boryapti va uning Suriyaga qarshi o‘yindagi ishtiroki yuzasidan shifokorlar ko‘rigidan keyin axborot beradi.
Fikrlar