O‘zbekiston terma jamoasida fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassis ish boshladi
Italiyalik tajribali mutaxassis Aldo Espozito Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga qoʻshildi. U terma jamoa futbolchilarining tiklanish jarayoni, jarohatlarning oldini olish hamda reabilitatsiya yoʻnalishida faoliyat olib boradi.
Maʼlumot uchun, Aldo Espozito faoliyati davomida Italiyanning “Kalyari” hamda “Yuvеntus” klublari va Italiya milliy terma jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan. Mutaxassis 5 ta Jahon chempionati va 5 ta Yevropa chempionatida ishtirok etgan boʻlib, 2006 yildgi Jahon chempioni hisoblanadi.
Shuningdek, u FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati hamda UEFA Chempionlar ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar safida faoliyat yuritgan.

Fikrlar