O‘zbekiston U-19 termasi ikkinchi o‘yinda BAA yoshlariga mag‘lub bo‘ldi

  • 11 mart, 2017, 11:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazayotgan Aleksandr Mochinov qo‘li ostidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi kecha, 10 mart kuni BAA yoshlar termasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. 

Mamlakat yoshlar terma jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston U-19 safidagi golga 77-daqiqada Rahmatilla Mirzaahmedov mualliflik qildi. Ta’kidlash kerakki, birinchi bo‘limda Javohir Qilichev penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 8 mart kuni BAA yoshlariga qarshi bo‘lib o‘tgan ilk o‘yinda 2:0 hisobida zafar quchgandi.

BAAda o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini 2018 yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Dubay, BAA
10 mart, juma

BAA U-19 –O‘zbekiston U-19 — 2:1

O‘zbekiston U-19:  Javohir Qilichev, Abubakir Mo‘ydinov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Jasur Yoqubov, Dilshod Saitov, Suhrob Izzatov, Georgiy Ahmedov, Orifjon Hakimjonov, Doniyor Abdumannopov, Xudoyorxon Sagdullaev, Afzal Xolmuhamedov.

Zaxira: Umid Ergashev, Humoyun Abdusattorov, Rahmatilla Mirzaahmedov, Bobur Asqarov, Kamron Saidazimov, Islom Kenjaboev, Jahongir Abdusalomov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!