O‘zbekiston U-23 jamoasining chempion tarkibi yodingizdami? Avvalgi futbolchilardan kimlar yana tarkibga jalb etilgan?

  • 9 yanvar, 2020, 09:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2018 yili Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshchiligida chempion bo‘lgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibi yodingizdami? E’tiboringizga ushbu tarkibni havola etamiz.

Ma’lumot o‘rnida, qavs ichida futbolchilarning o‘sha paytdagi klublari yozilgan.

Darvozabonlar: 12.Dilshod Hamroev (“Navbahor”), 1.Botirali Ergashev (“Paxtakor”), 21.Rahimjon Davronov (“Mash’al”)

Himoyachilar: 2.Rustamjon Ashurmatov (“Bunyodkor”), 3.Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), 4.Akramjon Komilov ("Bunyodkor"), 5.Abbos Otaxonov (“Navbahor”), 6.Azizjon G‘aniev (“Nasaf”), 20.Dostonbek Tursunov (“Neftchi”), 13.Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), 18.Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), 15.Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”)

Yarim himoyachilar: 17.Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”), 7.Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”), 10.Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-192”), 8.Jasurbek Yaxshiboev (“Paxtakor”), 16.Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), 14.Abdujamol Isroilov (“Neftchi”), 23.Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”)

Hujumchilar: 9.Zabihillo O‘rinboev (“Paxtakor”), 22.Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), 11.Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”)

Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov

u23

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi. Lyubinko Drulovich qit’a birinchiligida ishtirok etish uchun 23 nafar futbolchini Tailandga olib ketdi.

Darvozabonlar: 1.Abduvohid Ne’matov, 12.Mashhurjon Muhammadjonov (ikkalasi – “Nasaf”), 21.Nizomiddin Ziyovutdinov (AGMK)

Himoyachilar: 2.Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), 3.Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), 5.Dilshod Saitov, 13.Sherzod Nasrullaev, 20.Husniddin Aliqulov (barchasi – “Nasaf”), 15.Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”), 19.Ilhomjon Alijonov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar: 4.Abdulla Abdullaev, 8.Nurillo To‘xtasinov, 22.Sanjar Qodirqulov (barchasi – “Bunyodkor”), 6.Azizjon G‘aniev, 7.Sharof Muhitdinov, 17.Islom Kenjaboev, 23.Oybek Bozorov (barchasi – “Nasaf”), 9.Jasurbek Yaxshiboev (AGMK/“Paxtakor”), 14.Abrorbek Ismoilov (“Surxon” / “Paxtakor”), 18.Doston Ibragimov (“Qizilqum”)

Hujumchilar: 10.Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), 11.Mirjahon Mirahmadov (“Bunyodkor”), 16.Azizbek Amonov (“Lokomotiv”)

Bosh murabbiy: Lyubinko Drulovich

5901567444971

Ushbu tarkibga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Tailanddagi musobaqaga yo‘l olgan futbolchilardan 6 nafari Xitoydagi chempionatda ham qatnashgan. Ular Islomjon Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Oybek Rustamov, Azizjon G‘aniev, Jasurbek Yaxshiboev va Bobir Abdixoliqov. Ushbu oltilik chempionlik ta’mini tatib ko‘rgan.

Shuningdek, kishini xursand qiladigani shundaki, bu murabbiyning oldida avvalgi jamoani shu musobaqada chempion qilgan Ravshan Haydarov bor va hamyurtimiz xorijlik hamkasbiga yordam berib kelmoqda.

Biz olimpiya terma jamoamizdan katta natijalar kutyapmiz. Olimpiada yo‘llanmasini maqsad qildikmi, demak, unda guruhdan chiqishimiz shart! O‘ylaymizki, vakillarimiz O‘zbekistonlik millionlar qalblarni xursand etib, yurtimizga kamida yo‘llanma bilan qaytishadi. Bu borada ularga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!