
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Ispaniya va Misrga qarshi o‘yinlari yurtimizdagi qaysi stadionda o‘tkazilishi ma’lum
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Evropa vitse chempioni Ispaniya yoshlar termasi va Parij olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Misrga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishidan xabaringiz bor.
Uchrashuvlar yurtimizda o‘tkazilishi, ammo aynan qaysi arena mezbonlik qilishi noma’lum edi. O‘FA matbuot xizmati endi bellashuvlar o‘tkaziladigan stadionlarni ma’lum qildi.
Oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Ispaniya va Misrga qarshi terma jamoamiz "Bunyodkor" stadionida saf tortadi.
O‘zbekiston - Ispaniya
13 oktyabr | 19:00
“Bunyodkor” stadioni
O‘zbekiston - Misr
16 oktyabr | 19:00
“Bunyodkor” stadioni
Fikrlar