O‘zbekiston va Misr dzyudo federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • 11 oktabr, 2022, 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Toshkentda o‘tayotgan jahon chempionati milliy federatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim platformaga aylanmoqda.

Tecno

Musobaqa doirasida O‘zbekiston va Misr dzyudo federatsiyalari o‘zaro hamkorlik bo‘yicha rasmiy kelishuvga imzo chekdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, Misr dzyudo federatsiyasi rahbari Ahmad Marzuq ishtirok etishdi. Kelishuvga ko‘ra, tomonlar yirik musobaqalarga tayyorgarlik doirasida o‘zaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazib, ilmiy-metodik yo‘nalishda tajriba almashib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!