
O‘zbekistonda yana xorijga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bormi?
Qatarda o‘tkazilgan ikki yirik futbol anjumani – 2022 yilgi jahon chempionati va yaqinda yakunlangan Osiyo kubogi musobaqalarida menejer sifatida mas’ul vazifalarni bajargan o‘zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbaev metaratings.ru saytiga bergan intervyusida etakchi futbolchilarimiz haqida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga intervyuning eng qiziqarli qismlarini havola etadi.
– Abbosbek Fayzullaev Eldor Shomurodovning darajasidan o‘tib keta oladimi?
– Agar Abbos Eldordan bir necha yil erta boshqa chempionatga o‘tganini inobatga olsak, ha, o‘tib keta oladi. Shomurodov – o‘rta chiziqqa bog‘lanib qolgan o‘yinchi, Abbos esa, kreativroq va o‘zi hamma narsani mustaqil tarsda uddalay oladi.
Fayzullaevning istiqboli ko‘proq. Shomurodov qat’iyatliligi va mehnatsevarligi bilan kuchli. Eldor o‘z davrining eng iste’dodli o‘yinchisi bo‘lmagan, lekin juda katta narsalarga erisha oldi. Endi hamma narsa ham faqat Abbosning futboldagi sifatlariga bog‘liq emas, buyuk karera uchun salohiyati etishiga umid qilaman.
– Shomurodovning yo‘qligi terma jamoaga jiddiy ta’sir o‘tkazdimi?
– Ha, jamoa hujumda xavfli bo‘lmay qoldi. Oldingi chiziqda o‘zgarishlar qilish imkoni yo‘qoldi, jamoa hujumchisiz o‘ynadi.
Biz umuman boshqa O‘zbekiston terma jamoasini ko‘rdik, qolaversa, hali etarli darajada o‘ynab ulgurmasida yana bir hujumchi – Igor Sergeev ham safdan chiqdi. Eng asosiy uchrashuvlarda, oldingi chiziqda kurashish talab etilgan haqiqiy hujumchilar kerak bo‘lgan pallada yarim himoyachilar o‘ynadi.
– Rossiyada ko‘pchilik Oston O‘runovni ham kuzatardi. U ishonchni oqlay olmadimi?
– Shomurodovning yo‘qligi ko‘p narsani o‘zgartirdi. Futbolchilarning maydondagi roli o‘zgarib ketdi. Chunki hujumchi yo‘q edi. Ha, Oston ishonchni kutilgan darajada oqlay olmadi, lekin hafsalani pir qilgani ham yo‘q. Yaxshiroq o‘ynashi va harakat qilishi mumkin edi.
Bu turnir to‘rt yilda bir o‘tkaziladi va uni hamma sabrsizlik bilan kutadi. O‘runov ortiqcha umidlarni oqlagani yo‘q. Uning darajasi shu. Hozir u Eron chempionatidagi o‘tdi, o‘sha yorda qanday o‘ynashini kuzatamiz.
– O‘zbekistonda yaqin kelajakda xorijga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bormi?
– Bir yil oldin Abbosbek Fayzullaevni hech kim bilmas edi. Hozir u Rossiyada mashhur futbolchiga aylangan.
Yaxshi o‘yinchilar ko‘p, faqat bu futbolchilarni tarbiyalash va ular bilan ishlash lozim.
Shomurodov haqida yaxshi xabar!
Fikrlar