O‘zbekistonlik FIFA instruktori Tojikistonda

  • 13.04.2021 22:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatining bergan xabariga qaraganda, 12 aprel kuni Tursunzoda shahridagi “Shirkent” mehmonxonasida “FIFA /MARefereeing course” nomi ostida tojikistonlik futbol hakamlari uchun FIFA tomonidan o‘quv-kurslari boshlandi.

Besh kun davomida FIFA yo‘riqchilari, o‘zbekistonlik Farhod Abdullaev va Yuliya Tarasova tojikistonlik hamkasblari uchun nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishadi.

abdullaev1

Hakamlar uchun mo‘ljallangan mazkur kurslarda shuningdek, tojikistonlik yo‘riqchilar – Ravshan Ishmatov, Ajmal Amirov va Kristina Pronjenkolar ishtirok etmoqdalar. Ulardan tashqari, bu kursda 31 nafar hakamlar mashg‘ulotlarda ishtirok etishyapti.

O‘quv-kurslari boshlanishi oldidan Tojikiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Alisher O‘runov qatnashdi. U kelgan mehmonlarni iliq qarshi oldi. Yig‘ilganlar oldida chiqish qilar ekan, O‘runov bunday kurslar tojikistonlik hakamlarning bilimlarini yanada mustahkamlashda yordam berishidan umid qilayotganini bildirdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!