O‘zbekistonlik hakamlar JCh saralashidagi hal qiluvchi o‘yinlardan birida ishlaydi

  • 15 iyun, 2021, 13:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik nazoratchi va hakamlar JCh-2022 saralash bosqichining muhim uchrashuvlarida faoliyat olib borish uchun OFK tomonidan chaqiruv olgan edi.

Xususan, FIFA Referisi Ilgiz Tantashev Bahrayn mezbonlik qilayotgan “C” guruhi bahslarida ishlash uchun taklif etilgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonlik mutaxassis Eron – Iroq uchrashuvida hakamlik qiladi. Unga qanotlarda hamyurtimiz Andrey Tsapenko va KXDR vakili Dong Hu Kang assistentlik qiladi.

Uchrashuv Muharraq shahridagi “Al-Muharraq” stadionida yurtimiz vaqti bilan soat 21:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!