
O‘zbekistonlik "Mirko" Bellatorda! Uning debyut jang sanasi va raqibi ma’lum...
Iste’dodli MMA jangchimiz "Mirko" nomi bilan tanilib borayotgan Mirafzal Axtamov jahonning eng nufuzli promoushenlaridan biri "Bellator" bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, unga Dubayda bo‘lib o‘tuvchi markaziy jangda Usmon Nurmagomedov va Pol Xyuz to‘qnash keladigan turnirda debyutini o‘tkazish imkonini ham berdi.
Xabaringiz bor, 25 yanvar kuni Dubay shahridagi "Koka-kola" arenasida "Bellator" promousheni navbatdagi jang kechasini tashkil etadi va asosiy to‘qnashuv yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek Nurmagomedov va Xyuz o‘rtasida chempionlik jangi bo‘ladi. Aynan ushbu kechada yurtdoshimiz britaniyalik Mayk Tompsonga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Tompson faoliyati mobaynida 7 ta g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. 3 ta g‘alabali seriyaga ega. Axtamov esa 8 ta g‘alaba va bir durang rekordga ega.
Fikrlar