O‘zbekistonlik mutaxassis “Al Rayyan” - “Al Vahda” uchrashuvida ishlaydi

  • 23.04.2021 14:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik nazoratchi va hakamlar Hindistonning Goa shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionlar ligasi bahslarida faoliyat olib borish uchun taklif etilgandi.

OFK instruktori Vladislav Tseytlin OChL “E” guruhi 4-turidan o‘rin olgan “Al Rayyan” (Qatar) - “Al Vahda” (BAA) o‘yiniga hakamlar nazoratchisi etib tayinlandi.

Mazkur uchrashuv bugun Goadagi “Javaharlal Nehru” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19.30 da start oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Vladislav Tseytlin bunga qadar mazkur guruhning “Persepolis” - “Al Vahda” hamda “Al Vahda - Goa” bahslarida ishlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ibratjon Hikmatjon
23/04/2021 14:08
Цейтлин халиям борми