O‘zbekistonlik muxlislarning asabini sinagan futbolchi legionerimiz bilan bitta jamoada o‘ynaydi

  • 15 iyul, 2024, 14:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Sepaxon" bilan xayrlashgan tajribali himoyachi Ramin Rizoyan faoliyatini Tehronning "Istiqlol" jamoasida davom ettiradi. Eron terma jamoasi a’zosi "ko‘klar" bilar 1 yillik shartnoma imzoladi. 

Ayni damda "Istiqlol" safida terma jamoamiz etakchilaridan biri Jalollidin Masharipov harakat qilmoqda. O‘tgan mavsumda jamoa "Persepolis"ga chempionlikni berib qo‘ydi. "Sepaxon" esa chempionatni 3-o‘rinda yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Ramin "JCh-2026" saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Eron bahsida vaqtni cho‘zib, yotib olib muxlislarimizning asabini sinagan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!