O‘zbekistonni 2-bosqichda qoldirib ketgan Saudiya Yaponiyani ham mag‘lub etdi
Jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaponiya baxsi yakuniga etdi va unda saudiyaliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida Firas Al-Buraykan gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani keltirdi.
Ushbu natijadan so‘ng Saudiya 9 ochko to‘plagan holda, Avstraliyaga etib oldi. "Kun chiqar yurt" vakillari hisobida 3 turan keyin 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor va ular uchinchi o‘rinda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, "sahro lochinlari" 2-saralash bosqichida O‘zbistonni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Mazkur o‘yindan so‘ng hamyurtlarimiz keyingi bosqich yo‘llanmasidan quruq qolgan edi.

Fikrlar