
O‘zbekistonning yana bir mashhur klubi o‘z logotipini o‘zgartiradi
O‘zbekistonning yana bir klubi o‘z logotipini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu safar bu ishga “Buxoro” qo‘l uradigan bo‘ldi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, muxlislar o‘rtasida jamoa logotipini o‘zgartirish bo‘yicha maxsus so‘rovnoma o‘tkazilgan va unda ishtirok etganlarning 71 foizi logotipni almashtirish kerak deb hisoblagan. “Buxoro”ning yangi logotipi 19 mart kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, "Buxoro" yangi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadi.
Fikrlar