
O‘zDJTSUning Sportni boshqarish fakulteti tomonidan "Ota-onalar forumi" o‘tkazildi
Joriy yilning 5 oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish fakulteti tomonidan mazkur fakultetda tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari ishtirokida "Ota-onalar forumi" bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning barcha hududlaridan ushbu forumga tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq ota-onalarni Sportni boshqarish fakulteti dekani Aziz Tillyaxodjaev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va talabalar tantanali tarzda qarshi olishdi.
Forumda avvalida ota-onalarga kichik ekskursiya uyushtirildi va yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirilib, talabalarga beriladigan imtiyozlar, ularning bo‘sh vaqtlarni samarali o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar va boshqa shu kabi masalalar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng universitetning madaniyat saroyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir universitet rektori Mahmudjon Boltabaevning kirish so‘zi boshlandi.
Rektor o‘z so‘zida bugun universitetda talabalar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilganini va ushbu yaratilgan sharoitlar, qulayliklardan oqilona, foydalanish hamda muhim jihat-ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali ta’lim-tarbiyasiga hamjihatlik bilan nazorat qilish zarurligi xususida alohida ta’kidlab o‘tdi. Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi. Shuningdek, forum doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir sahna ko‘rinishlari mahorat bilan namoyish etildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. O‘z o‘rnida ota-onalar ham farzandlari uchun munosib sharoitlar va g‘amxo‘rlik uchun tashakkur izhor etishdi.
Fikrlar