O‘zil "Arsenal"da yangi natijasini qayd etdi

  • 9 mart, 2018, 10:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil kecha “Milan”ga (2:0) qarshi bahsda jamoasining ikkalaga goliga ham assistentlik qildi.

Tecno

E’tiborlisi, 29 yoshli germaniyalik futbolchi shu tariqa “kanonirlar” safidagi “gol+pas” tizimida 100talik dovondan oshdi. Ta’kidlash kerakki, O‘zil “Arsenal” libosida o‘tgan davr mobaynida o‘z hisobiga 37ta gol hamda 63ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Mesut O‘zil “Arsenal” safiga 2013 yil Madridning “Real” klubidan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!