
O‘zil Ronaldu haqida so‘ragan muxlisga g‘alati javob berdi
"Real" va "Arsenal" klublarining sobiq futbolchisi Mesut O‘zil "qirollik klubida”gi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
Muxlislardan biri germaniyalik futbolchidan Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash qanday bo‘lishini so‘radi. Bunga Mesut shunday javob berdi: "Uning o‘zidan so‘rang, men bilan u o‘ynagan".
O‘zil hozir Turkiya chempionatida Istanbulning “Bashakshehir” jamoasida o‘ynamoqda. U ushbu jamoa safiga o‘tgan yilning yozida kelib qo‘shilgandi. Yarim himoyachi joriy mavsum to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.
Fikrlar