Palmer "orzular jamoasi"ni tuzdi: unda Messi va Neymar bor, Ronaldu esa yo‘q
Koul Palmer “orzular jamoasi”ni tuzdi: unda Messi va Neymar bor, Ronaldu esa yo‘q
"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer o‘zining "orzular jamoasi"ni e’lon qildi. Unga ko‘ra, darvozaga "Real" posboni Tibo Kurtua qo‘yilgan. Shuningdek, tarkibdan o‘zi, Lionel Messi, Neymar va Ravel Morrison o‘rin oldi.
Qizig‘i shundaki, jamoada Krishtianu Ronaldu uchun joy topilmadi.
23 yoshli angliyalik futbolchi bir necha bor Messini o‘z kumiri sifatida tilga olgan. Hozirda argentinalik yulduz AQShning "Inter Mayami" klubida to‘p surmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabr, shanba kuni "Chelsi" Angliya Premer-ligasining ettinchi turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘ynaydi. Ammo Palmer jarohati sabab muhim uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Fikrlar