Palmer: "Yamal hozir eng zo‘r futbolchi"

  • 16 may, 15:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" etakchisi Koul Palmer hozirgi kundagi eng kuchli futbolchi kimligini aytdi. Angliyalik futbolchining fikricha "Barselona" vingeri Lamin Yamal hozirda jahon futbolida eng zo‘r charm to‘p ustasi.

Tecno

"Rostini aytsam men uning o‘yinidan hayratdaman. Menimcha, Yamal hozirda jahonning eng zo‘r futbolchisi. Uning o‘yiniga qarab shuni aytish mumkinki, u o‘ziga ishongan va hech narsadan qo‘rqmaydi. Menga Laminning o‘yinlarini kuzatish yoqadi", - dedi londonliklar yarim himoyachisi.

Joriy mavsum "Barsa" safida Yamal barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 25 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!