Para qilichbozlik bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati boshlandi

  • 6 iyul, 2022, 14:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida ilk bor para qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionati boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Musobaqada Respublikamizning turli xududlaridan saralangan 50 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Aytish lozimki, ushbu mamlakat chempionatidan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda Paralimpiya sport turlari geografiyasini yanada kengaytirish, para qilichbozlik bo‘yicha terma jamoa asosini shakllantirish va kelajakda bo‘ladigan nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishdan iborat.

Para qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 7 iyulga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!