"Parij-2024". Diyora Keldiyorova O‘zbekiston Olimpiya tarixiga kirdi!
Bir necha daqiqa oldin hamyurtimiz Diyora Keldiyorova mezbon sportchi Bushar Amandini taslim etib, finalga yo‘l oldi.
U mazkur natijasi orqali o‘ziga hos tarzda tarixga kirdi. Ya’ni olimpiadaning dzyudo bahslari tarixida hali hech bir ayol vakilamiz finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritmagan edi.
Finalda u Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqadi. Bo‘lajak jangda vakilamizga omad tilaymiz.
Fikrlar