"Parij-2024". O‘zbekiston - Misr uchrashuvini kim sharxlaydi?

  • 27 iyul, 2024, 15:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston U23 terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi. Bunda vakillarimizga Misr raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda maydonga tushadi. Mazkur bellashuvni Davron Fayziev va Dilshodbek To‘xtabekov sharxlab boradi. 

Tecno

"Olimpiadaga birinchi bor chiqdik. Olimpiadada birinchi golni urdik. Olimpiadada birinchi g‘alabaga erishish vaqti keldi. 

Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi tur uchrashuvini Misrga qarshi o‘tkazadi. Guruhdagi imkoniyatlarni yaxshilab olish uchun 3 ochko zarur. Misr ham jang qilsa kerak. Qiziqarli o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Jamoamizga omad! Ushbu Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki sharhim bo‘ladi. Hamkasbim Dilshodbek To‘xtabekov hamrohlik qiladi", - dedi Davron Fayziev.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv 20:00 da "Stade de la Beaujoire" stadionida start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!