Parij Olimpiadasi tashkilotchilari tarixda bo‘lmagan ishga qo‘l urmoqchi!

  • 14 dekabr, 2021, 15:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi butun insoniyat e’tiborini tortgan yangilikni e’lon qildi. Unga ko‘ra, tashkilotchilar musobaqaning tantanali ochilish marosimini stadionda emas, ochiq havo ostida, aniqrog‘i Sena daryosi bo‘ylab o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Rejaga ko‘ra, marosimda ishtirokchi davlatlar maxsus qayiqlarda daryo bo‘ylab belgilangan 6 kilometrlik masofani suzib o‘tishadi. Parad yo‘nalishi daryo bo‘ylab shaharning ko‘zga ko‘ringan ob’ektlari oldidan o‘tadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday marosimni 600 ming tomoshabin bevosita sohil bo‘ylarida kuzatib borishi mumkin.

Qayd etish joiz, ushbu loyiha amalga oshsa, Olimpiya o‘yinlari tarixida daryo bo‘ylab o‘tgan dastlabki ochilish marosimi bo‘ladi.

zoybydbmgkk7hkwuavrm-1200x677

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!