Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

BEPUL PROPAN
Kecha, 24 iyul kuni Frantsiya poytaxti Parij shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir tashkil etildi.

Evropa qit’asida “olijanob sport” deya e’tirof etilayotgan milliy sportimiz bo‘lmish kurash yana sayyoramizdagi eng go‘zal shaharlardan biri Parijda tantana qildi. Frantsiyaning ramziy timsoliga aylangan dunyoga mashhur Eyfel minorasi poyida o‘tkazilgan musobaqa dovrug‘i etti iqlimga taraldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jahonning 30ga yaqin davlati polvonlari ishtirok etgan turnirda Evropaning ko‘zga ko‘ringan polvonlari jam bo‘lishdi. O‘z navbatida o‘zbek polvonlari ham ushbu musobaqada hech kimdan kam emasliklarini namoyish etdilar.

Mutlaq vazn toifasida o‘tkazilgan musobaqada gilamga chiqqan har bir polvon millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar o‘zbekona qadriyatlarimizga hurmat bajo keltirdi. Chunonchi, kurash gilamiga chiqqan har bir sportchi bellashuv avvalida raqibiga hurmat saqlagan holda ta’zim qilib bahslarga kirishdi, “kurash” chaqirig‘i bo‘lganda kurashdi, “to‘xta” deyilganda to‘xtadi. Bir so‘z bilan aytganda, dunyo polvonlari o‘zbekcha kurash tushdi.

Qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqa yakunida erkaklar o‘rtasida hamyurtimiz Muhammadkarim Xurramov, ayollar orasida esa Germaniya vakilasi Jasmin Grabovskilar bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Erkaklar

1. Muhammadkarim Xurramov (O‘zbekiston),

2. Kulum Zakro (Serbiya),

3. Boban Danov (Makedoniya),

3. Kasper Szurovski (Polsha),

5. Marmelyuk (Estoniya),

5. Aleksandr Papanikolau Panagiotis (Gretsiya),

7. Ugesh Gaetan (Frantsiya),

7. Denis Sokol (Litva).

Ayollar

1. Jasmin Grabovski (Germaniya),

2. Sandra Likun (Polsha),

3. Laurin Manike Solance (Frantsiya),

3. Bologan Viktoritsa (Belgiya),

5. Gabriela Gigova (Bolgariya),

5. Nicoleta-Karina Ganea (Ruminiya),

7. Hanna Lolova (Ukraina),

7. Durdona Abdujabborova (O‘zbekiston).

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!