Pas berish mana bunaqa bo‘ladi! AQSh futbolchisi rekord o‘rnadi

  • 13.06.2026 10:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbolchi maydonda to‘liq 90 daqiqa va qo‘shimcha vaqtni o‘tkazdi, shu davr mobaynida jamoadoshlariga 83 marta pas berdi. E’tiborilisi shundaki, bu uzatmalarning birortasi adashmadi — barchasi manziliga yetdi. Jahon chempionatlari tarixida 1966 yildan buyon olib borilayotgan rasmiy statistikaga ko‘ra, so‘nggi 60 yil ichida kamida 80 ta pas berib, ularning 100 foizini aniq yetkazgan futbolchi haligacha qayd etilmagan edi.

Qo‘shma Shtatlar terma jamoasi Paragvay ustidan yirik hisobda – 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Amerikaliklar tarkibida hisobni Paragvay jamoasi yarimhimoyachisi Damian Bobadillya o‘z darvozasiga kiritgan to‘p bilan ochib berdi (7-daqiqa, avtogol). Keyinchalik hujumchi Folarin Balogun ikki bor aniq zarba yo‘lladi (31-daqiqa, 45+5-daqiqa), uchinchi gol esa yarimhimoyachi Jovanni Reyna tomonidan uriladi (90+8-daqiqa). Paragvay safida yagona golga Maurisio mualliflik qildi (73-daqiqa).

"Jahon chempionati–2026" guruh bosqichining ikkinchi turida AQSh 19 iyun kuni Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Paragvay esa bir kun o‘tib Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!