Pastore nega PSJdan ketganini ochiqladi

  • 08.01.2023 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning “Elche” klubida to‘p surayotgan argentinalik yarim himoyachi Xaver Pastore o‘zining PSJdan ketish sabablarini esladi.

“PSJ men bilan xayrlashishni istamadi, ular menga besh yillik shartnoma taklif qilishdi. Lekin men rad etdim, chunki o‘sha paytda men bu klub saviyasida o‘ynay olmas edim. Men rahbariyatdan qo‘yib yuborishni so‘radim, chunki bu loyiha o‘sha paytdagi darajam uchun juda ambitsiyali edi”, - dedi Pastore Le Parisien nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Pastore 2011 yildan 2018 yilgacha Parij jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!