“Paxtakor” – “Al Sadd”. Jamoalar ertaga qanday rangli liboslarda maydonga tushishadi?
Xabaringiz bor ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida “Paxtakor” Toshkentda Qatarning “Al Sadd” klubini qabul qiladi.
Bugun o‘yindan oldin o‘tkazilgan mitingda ertangi bahsda jamoalar qanday liboslarda harakat qilishlari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra “Paxtakor” o‘zining asosiy hisoblangan sariq-to‘q ko‘k rangli yo‘l-yo‘l libosida o‘ynaydi. Qatarliklar esa oq rangda to‘p surishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Al Sadd” uchrashuvi ertaga soat 19:00da boshlanadi.

Fikrlar