"Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvini Kristofer Bit boshqaradi

  • 03.05.2019 16:30
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

6 may kuni "Paxtakor" Chempionlar Ligasi 5-turida Toshkentda "Persepolis"ni qabul qiladi.

Uchrashuv "Paxtakor" stadionida 18:00da boshlanadi. Bellashuvni Avstraliyadan hakamlar guruhi boshqarib boradi. Kristofer Bit bosh hakam vazifasini bajaradi. U 2016 yil guruh bosqichida Toshkentda "Al Hilol"ga qarshi o‘yinimizni boshqargan. O‘shanda 2:2 natijasi qayd etilgan. Unga hamyurtlari Anton Shetinin va Eshli Bisham yordam beradi.

O‘yin rasmiylari bilan tanishing.

Hakamlar: Kristofer Bit, Anton Shetinin, Eshli Bisham (Avstraliya), Mohd Amirul Izvan (Malayziya).

Nazoratchi: Ishiyama Noboru (Yaponiya).

Komissar: Munemi Fahuri (Iordaniya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
05/05/2019 18:06
Минг афсус,Шерзод Косимов эмас.
&
ахмад49
05/05/2019 18:06
Минг афсус,Шерзод Косимов эмас.
&
ахмад49
05/05/2019 18:06
Минг афсус,Шерзод Косимов эмас.