"Paxtakor" 2010 yildan buyon Toshkentda "Andijon"ga ochko bermayapti

  • 21.06.2021 15:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing qoldirilgan 6-turida "Paxtakor" Toshkentda "Andijon"ni qabul qiladi.

Shu kunga qadar jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida 50 bor to‘qnash kelishgan. Ulardan 38 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 8 bahsda durang natija qayd etilgan. Faqat 4 marta "Andijon" futbolchilari muvaffaqiyatga erishgan.

Raqib darvozasini 124 marta ishg‘ol qilgan "sherlar" o‘z darvozalaridan 34 ta gol o‘tkazib yuborgan. Toshkentda o‘tkazilgan 25 bahsning 22 tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 3 ta bahsda kuchlar teng kelgan. "Andijon" oxirgi marta Toshkentda 2010 yil "Paxtakor"dan ochko olishga erishgan. O‘tgan yili "Paxtakor" o‘z maydonida "burgutlar" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija 6:0 hisoblanadi. Bu hisob 2015 yil Toshkentdagi uchrashuvda kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" "Andijon"ni shunday yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan. 

"Paxtakor" va "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 23 iyun kuni soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
21/06/2021 16:11
Сарлавха нотугри куринишда куйилган! Яхшиси бундай деса тугрирок, "Пахтакор 15йилдан бери Чемпионлар Лигасида гурухдан чика олмаяпди". Ёки "Осиёда шарманда булган клуб, хакамлар ёрдамида Уз юртида тенгсиз". Бундай деса хам булади:"Бошка клубларни хомийини тортиб олган клуб, хомийи йук клубларни зурга ютмокда"