"Paxtakor" joy olgan guruhda vaziyat chigallashdi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Al-Duxayl" - "Paxtakor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda nominal mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Qatar klubi tarkibida Edmilson xet-trik muallifiga aylandi. "Sherlar"dan Sharkich hamda Sobirxo‘jaev raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Shuningdek, "Al-Ta’avun" bu turda "Sepaxon"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvlardan so‘ng "D" guruhidagi vaziyat bilan tanishing.




Fikrlar